Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi, qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirlik holatlarini oldini olish maqsadiga qaratilgan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shodiev,
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi
boshlig‘i podpolkovnik Qudrat Samandarov, Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi
binosida Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Narmuratov
hamda Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Yig‘ilish
avvalida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod
Shodiev so‘zga chiqib, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining harbiy-vatanparvarlik
tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash,
ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari
va an’analariga asoslangan keng dunyoqarashini yanada shakllantirish yuzasidan bir
qator manzilli ishlar amalga oshirilib kelinayotganligiga qaramasdan, ba’zi bir
xodimlar ushbu yaratilayotgan shart sharoitlardan unumli foydalanmasdan hozirgi
kunda xizmat intizomi va qonunchilikka tortilib ketayotganligini qayd etdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilish davomida, IIV Shaxsiy
xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik
Qudrat Samandarov so‘zga chiqib, ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash,
kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlari
haqida so‘z yuritib, har bir xodim o‘ziga
tegishlicha xulosa chiqarib olishlari to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini yig‘ilish
ishtirokchilariga bildirib o‘tdi.