11 Iyun 2024 yil
335
Denov tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlariga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirlik holatlarini oldini olish yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi.
Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi binosida Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i G‘. Xo‘jamqulov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida Denov tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Mansur Saidov so‘zga chiqib, 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar
IIBda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, har bir xodim ushbu
oylikda faol ishtirok etishlari, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining
harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va intellektual salohiyatini
yuksaltirishni ta’minlash, yuzasidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirib kelinayotganligini,
ammo ba’zi bir xodimlar ushbu yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanmasdan
hozirgi kunda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etmasdan javobgarlikka tortilib
ketayotganligi qayd etildi.
Shuningdek, Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Xo‘jamqulov xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirlik
holatlarini sodir etilishini oldini olish xizmat intizomiga qat’iy amal qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ishlar organi xodimiga xos fazilatlarni mustahkam saqlash bo‘yicha ko‘rsatma va aniq
tavsiyalar berildi.