20 Sentyabr 2021 yil
482
Denov bozoridagi bezorilarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Denov tumanida 2021 yil 3 sentyabr kuni soat 05.30 larda, tumanning "Nomozgoh" mahallasi hududida joylashgan "Denov baraka yashil olami" MCHJ dehqon bozorida, Uzun tumani "Qarashiq" mahallasida yashovchi, A.Olim va tumanning "Soxibkor" mahallasida yashovchi, U.Adhamlar jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan baqir-chaqir qilib urishib, bir birlariga "engil" jarohati etkazishgan. 19 sentyabr kuni A.Olim va U.Adhamlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati