26 May 2021 yil 573

Davra suhbati jinoyatchilikning oldini olishga qaratildi

Kuni kecha Sherobod tuman "Zaxriddin Muxammad Bobur" istirohat bog'ida Sherobod tumani ichki ishlar organi Probasiya guruhi nazorati ostida turuvchi shaxslar bilan tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik O'.R.Shukurov ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Tashkil etilgan davra suhbatidan ko'zlangan maqsad, nazorat ostida turuvchi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishiga yo'l qo'ymaslik va yoshlar o'rtasida jinoyatchilik sodir etilishini oldini olishga qaratildi.
Sherobod tuman IIB boshlig'i tomonidan har bir nazorat ostidagi shaxslarni qiynayotgan muammolari ularga ijtimoiy yordam ko'rsatish va kelgusida jinoyat yo'liga kirishlarining oldini olish bo'yicha suhbat olib borildi.
Yig'ilish yakunida tuman IIB boshlig'i tomonidan nazorat ostida turuvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarni sermazmun o'tkazishlari uchun badiiy kitoblar sovg'a qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech