2 Aprel 2021 yil 578

Davlat va xalq xizmatchisiga qarshilik qilish oqibati

Sariosiyo tumanida 2021 yilning 23 mart kuni taxminan soat 23.45 lar chamasida, ichki ishlar organi xodimlari X.U., A.F. va I.N.lar Sharg'un shahri hududida xizmat vazifasini o'tayotgan vaqtida, uzun tumani, Do'stlik mahallasida yashovchi, J.B. va Sharg'un shahri konchilar mahallasida yashovchi, T.S.lar tungi vaqtda maqsadsiz yurganligi va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ularning shaxsini tekshirish va ogohlantirish maqsadida ularga murojaat qilganida ular hokimiyat vakilining qonuniy talablariga bo'ysinish o'rniga ularga faol qarshilik ko'rsatib urib, turli xil so'zlar bilan haqorat qilishi oqibatida, A.F., X.U. va I.N. ismli ichki ishlar organi xodimlariga "engil" tan jarohati etkazadi.
Shuningdek, I.N.ga tegishli "Matiz" rusumli avtomashinaning orqa o'ng tomon eshigini tepib, shikast etkazganligi natijasida, tungi vaqtda maqsadsiz yuzgan T.S. va J.B.ga nisbatan 25 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech