Davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro K.Botir (ism shariflar o‘zgartirilgan) joriy yilning 6 aprel kuni Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, u o‘z arizasida, uy-joy qurish uchun yer sotib olish maqsadida, 2022 yil mart oyida Sariosiyo tumani “Sharsharamazor” ziyoratgohi atrofidan yer sotib olmoqchi bo‘lib, qidirib yurganida, Sariosiyo tumani “Subhidam” mahallasi hududida joylashgan 20 sotix yer maydoni “Turg‘un” ismli shaxs har bir sotixini 7.250.000 (yetti million ikki yuz ellik ming) so‘mdan jami 20 sotix yer maydonini 145.000.000 (bir yuz qirq besh million) so‘mga sotmoqchiligini, shuningdek ushbu mahallada yashovchi “Umid” ismli shaxs shu mahalladagi 8 sotix yer maydonini 6.500 (olti ming besh yuz) AQSH dollariga sotmoqchiligini aytganida, ushbu yer maydonlarini sotib olishga rozilik bildiradi.
Ammo keyinchalik ushbu yer maydonlari Sariosiyo tumani “Xisor” o‘rmon xo‘jaligiga tegishli ekanligini bilib, firibgarlar qo‘liga tushib qolmasligini o‘ylab, o‘rmon xo‘jaligiga tegishli davlat mulki bo‘lgan yer maydonlarini noqonuniy sotayotgan bo‘lishi mumkun bo‘lgan va pul talab qilayotgan “Turg‘un” va “Umid” ismli shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qiladi.
Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 7 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Turg‘un” ismli shaxs ariza muallifi K.Botirdan talab qilgan kimyoviy ishlov berilgan 145.000.000 (bir yuz qirq besh million) so‘m miqdoridagi pullardan 100.000.000 (yuz million) so‘mni hamda “Umid” ismli shaxs fuqaro K.Botirdan talab qilgan 6.500 (olti ming besh yuz) AQSH dollaridan 21.000.000 (yigirma bir million) so‘m miqqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni Denov tumani hududida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2022 yilning 9 aprel kuni Turg‘un va Umidlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati