29 Dekabr 2020 yil 711

Davlat mukofotlari tantanali topshirildi

Yakunlanayotgan yil sarhisob qilinib, mehnatda erishilgan yutuqlar tahlil qilindi. Ana shu tahlillar natijasida bir guruh vatandoshlarimizning mehnati munosib qadirlanib, mukofotga loyiq ekanligi e'tirof etildi. Mukofotlangan yurtdoshlarmiz orasida Surxon elining farzandlari ham borligi ko'ngillarga quvonch baxsh etdi.
Kuni kecha viloyat hokimligining katta majlislar zalida Prezident farmoniga binoan mukofotlangan bir guruh vohadoshlarimiz, shu qatorda ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga Vatanimizning yuksak mukofotlari, orden va medallari tantanali ravishda topshirildi.
Dastlab, viloyat hokimi T.Bobolov mukofotlanganlarni samimiy tabrikladi va ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so'ng, orden va meddalarni o'z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
— Kamtarona xizmatlarimizni yuksak qadrlab, davlat mukofotiga
munosib ko'rishganidan juda xursandman, — deydi Surxondaryo viloyat IIB Jarqo'rg'on tumani IIB JQB katta tezkor vakili, mayor Nargiza Jumaeva. — Bu nafaqat menga, balki men bilan yonma-yon turib mehnat qilayotgan kasbdoshlarimga berilgan mukofot deb bilaman. Bundan keyingi faoliyatimda o'z vazifamga mas'uliyat bilan yondashib, shu yurt, elning koriga yarash uchun, unga jon dilim bilan xizmat qilishga va'da beraman.
Mukofotlanganlar orasida viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat olib borayotgan xodimlardan Boysun tumani IIB HPB tayanch punkti profilaktika katta inspektori, kapitan o'tkir Jabborov, Jarqo'rg'on tuman IIB YHXG davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori, leytenant Isroil Xurramov, viloyat IIB YHXB YPX otryadi 4-safarbar guruhi yo'l patrul xizmati inspektori, kichik serjant Faxriddin Eshmuratovlarning ham borligi barchamizning ko'nglimizda faxr-iftixor uyg'otadi. Biz ham ularni ushbu yuksak unvon bilan samimiy qutlaymiz!

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech