3 May 2022 yil
350
Darband YPX maskanida sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan go‘sht mahsuloti aniqlandi
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarni ta’minlash bo‘linmasi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan, “Darband” YPX maskanida olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida “Angor-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 2002 yilda tug‘ilgan A.O. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtotransport vositasida veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilinmagan holda hech qandan hujjatlarsiz jami 218 (ikki yuz o‘n sakkiz) kg go‘sht mahsulotlarining olib ketilayotganligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati