13 Sentyabr 2022 yil 711

“Darband” YPX maskanida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari va viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Boysun tumanidagi “Darband” YPX maskanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Denov-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Denov tumanida yashovchi fuqaro A.Shokir (ism shariflar o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi Kobilt rusumli avtomashina to‘xtatilib uning yukxonasi tekshirilganida, jami 182 kg yirik shoxli mol go‘shti hech qanday veterinariya hujjatlarisiz Toshkent shahriga sotish uchun olib ketilayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.

Ushbu go‘sht mahsulotlari Boysun tuman veternariya bo‘limi tomonidan labaratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganida iste’molga yaroqsizligi aniqlanib, Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.

Fuqaro A.Shokirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 109 moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Text to speech