15 Avgust 2022 yil 7475

D I Q Q A T    T A N L O V ! Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidagi bo‘sh bo‘lgan lavozimlar uchun tanlov e’lon qiladi...

1) Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 30 yoshdagi ham, Surxondaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha (Toshkent davlat transport institutini hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarining yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, avtomobil yo‘llari va aerodromlar yo‘nalishlarini tamomlagan, yoki tahsil olayotgan) shuningdek, qoida tariqasida profilaktika inspektorining yordamchilari (ma’lumoti bo‘yicha yer usti transport tizimlari, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan), muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan (oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlar bundan mustasno), shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan hamda haydovchilik guvohnomasiga ega, bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan erkaklar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

2) Jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarida (Post-patrul xizmatida) bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan Surxondaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan (oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlar bundan mustasno) erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni quyida ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi:

  • biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnomasi asli;
  • oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asli;
  • harbiy guvohnoma asli;
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy ma’lumotnoma);
  • haydovchilik guvohnomasi;

         Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning
15 avgust kunidan 25 avgust kuniga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari 2022 yilning 15 avgust kunidan oldin yoki 25 avgust kunidan keyin qabul qilinmaydi.

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasi, Barkamol avlod ko‘chasi 46-uy. Surxondaryo viloyati IIB binosi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (76) 222-04-62

 

SURXONDARYo VILOYaTI IIB MMI va KBTX

Text to speech