8 Avgust 2023 yil 3662

D I Q Q A T    E ‘ L O N! Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Yo‘l harakati boshqarmasi, yo‘l-patrul xizmati otryadi, mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi-operator” lavozimlari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

  Tanlovda, ixtiyoriy tartibda yoshi o’n sakkizdan kichik va o’ttizdan katta bo’lmagan, shu jumladan o’ttiz yoshdagi ham, Surxondaryo viloyatida doimiy ro’yxatda turuvchi birinchi navbatda oliy ma’lumotli huquqshunos, qoida tariqasida profilaktika inspektorining yordamchilari (ma’lumoti bo’yicha yer usti transport tizimlari, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, avtomobilda yo’lovchi va yuk tashish texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan), shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo’yicha (Toshkent davlat transport institutini hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarining yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi, avtomobil yo’llari va aerodromlar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa yo’nalishlarini tamomlagan, yoki tahsil olayotgan) muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o’tagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog’lig’ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo’yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir, haydovchilik guvohnomasiga ega, bo’yi 175 smdan past bo’lmagan erkaklar, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo’lgan fuqarolarni quyida ko’rsatilgan muddatdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari so’raladi:

  • biometrik pasport yoki identifikasiya ID-kartasi;
  • tug’ilganlik haqida guvohnomasi asli;
  • oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asli;
  • harbiy guvohnoma asli;
  • doimiy yashash joyi bo’yicha belgilangan namunadagi sog’lig’ining holati haqida maʼlumotnoma (bo’yning balandligi bo’yicha antropometrik parametri ko’rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);
  • sirtqi ta’lim shakli bo’yicha tahsil olayotganligi to’g’risida ma’lumotnoma;
  • xaydovchilik guvoxnomasi;

         Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo’sh bo’lgan lavozimlariga ishga kirish istagida bo’lgan nomzodlar joriy yilning 07 avgust kunidan 17 avgust kuniga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so’raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari 2023 yilning 07 avgust kunidan oldin yoki 17 avgust kunidan keyin qabul qilinmaydi.

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Kattabog’” mahallasi, Navbahor ko’chasi. Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markazi binosi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (76) 224-15-76

 

 

SURXONDARYO VILOYATI IIB MMI VA KBTX

Text to speech