19 Iyul 2022 yil 5974

D I Q Q A T    E ‘ L O N! Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidagi bo‘sh bo‘lgan lavozimlar uchun tanlov e’lon qiladi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga, ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik
va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Surxondaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, oliy ta’lim muassasalarini “Huquqshunos” hamda “pedagogika” va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezerv yoki oliy ta’lim muassasalarini harbiy kafedrasini tamomlagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Surxondaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi birinchi navbatda oliy ma’lumotli huquqshunos, qoida tariqasida profilaktika inspektorining yordamchilari (ma’lumoti bo‘yicha yer usti transport tizimlari, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan), shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha (Toshkent davlat transport institutini hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarining yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, avtomobil yo‘llari va aerodromlar yo‘nalishlarini tamomlagan, yoki tahsil olayotgan) muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan haydovchilik guvohnomasiga ega, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin .

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni quyida ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi:

  • biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnomasi asli;
  • oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asli;
  • harbiy guvohnoma asli;
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

         Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning
19 iyul kunidan 29 iyul kuniga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari 2022 yilning 19 iyul kunidan oldin yoki 29 iyul kunidan keyin qabul qilinmaydi.

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasi, Barkamol avlod ko‘chasi 46-uy. Surxondaryo viloyati IIB binosi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (76) 222-04-62

Surxondaryo viloyati IIB MMI va KBTX

Text to speech