2 Aprel 2020 yil 865

COVID-19 koronavirus: Aziz fuqarolar karantin davrida, iltimos uyda qoling!

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 15 martdagi "O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasi yig'ilishi"ning 6-sonli bayoni talablari asosida respublikamizda koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish bo'yicha karantin joriy qilingan edi.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan, fuqarolar o'rtasida jamoat joylarida niqob taqib yurishlari, aks holda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishlari mumkinligi hamda zarur bo'lmagan vaziyatlarda uyida ko'chaga chiqmasliklari, o'z uyida bo'lishlari, koronavirus kasalligini yuqtirib olmasliklari yuzasidan profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.
Niqobsiz yurgan fuqarolarga rasmiy ogohlantirish berilib, ularga COVID-19 koronavirusdan himoyalanishlari uchun niqoblar tarqatildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech