5 Yanvar 2022 yil 376

Chorvachilik kompleksini qurish va'dasini bergan shaxslar 13 ming dollarni o'zlashtirib ketdi, natijada...

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yil 18 dekabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasidan tushgan hujjatlarga ko'ra, Jarqo'rg'on tumanida yashovchi, F.Asqar (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil fevral oyida, Toshkent shahrida yashovchi, Z.Ismat va Toshkent viloyatida yashovchi, F.Qodirlar unga tumanning "Guliston" mahallasidan chorvachilik kompleksi va ishlab chiqarish majmualari qurayotganligini aytib, unga ham qurilish uchun shartnoma rasmiylashtirib berishni va'da qilib, 13.000 (o'n uch ming) AQSh dollar pullarni olib bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zlarining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 18 dekabr kuni Z.Ismat va F.Qodirlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech