5 Iyun 2021 yil 493

Chigit o'g'rilari qo'lga olindi

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 17 may kuni tuman IIB TBning xabariga ko'ra, tumanning "Bog'ora" mahallasi hududida joylashgan "Termiz Jayxun Klaster" MCHJ rahbari, Toshkent shahrida yashovchi, X.Akbar 2021 yil 5 may kunida tuman IIBga bergan aloqa xatida, joriy yilning 1 may kunidan 2 may kuniga o'tar kechasi MCHJ omborxonasida saqlanayotgan hosil uchun tarqatilib, qolgan jami 18.480 kg dorilangan chigit maxsulotidan 12.929 kilogramm chigit mahsulotlarini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchilar, M.Shoxrux, T.Otabek, X.Abdug'ani, X.Ulug'bek va M.Panjilar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalillar olingan. 17 may kuni M.Shoxrux, T.Otabek, X.Abdug'ani, X.Ulug'bek va M.Panjilarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech