Chet el fuqarolarini vaqtincha ro‘yxatga olish tartiblariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
Termiz shahridagi Matbuot uyida respublikamizga kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ichki ishlar organlarida, shuningdek, sanatoriy va davolanish muasasalarida vaqtincha ro‘yxatga olish tartiblariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB M va FRB xodimlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tarkibi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentabrdagi 593-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi huddida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 2023 yil 30 yanvardagi 35-sonli qarorning mazmun-mohiyati joylashtirish vositalari rahbarlari va mas’ul shaxslarga tushuntirishdi.
Qarorga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olishni ular O’zbekiston Respublikasiga kirib kelganlaridan keyin migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, joylashtirish vositalari yoki davolanish muassasalariga uch ish kuni davomida murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolanish muassasalarining ma’muriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “Ye-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda joylashtiriladi. Qaror bilan vaqtincha ro‘yxatga olish ishlari faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oshirish tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, joylashtirish vositalari rahbarlari tomonidan chet el fuqarolarini respublikamizda vaqtincha bo‘lishi harakatlanishi, shuningdek, viza rejmi va O’zbekiston Respublikasining qo‘shni davlatlar bilan “Fuqarolarni o‘zoro kelib ketishlari tartibi to‘g‘risi”da bitim talablari yuzasidan ham berilgan savollarga viloyat IIB MvaFRB mas’ul xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati