25 May 2022 yil
534
Chalinadi eng oxirgi qo‘ng‘iroq bu kun!
Termiz tumanidagi matematika fani chuqur o‘rgatiladigan 12-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat IIB boshlig‘i ham ishtirok etib, Prezidentimizning maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tamomlab, ta’limning keyingi bosqichiga yo‘l olayotgan yoshlarga muvaffaqqiyat tiladi. Aslida yutuqqa erishish yoshlarning o‘z qo‘lida ekanligini, bugun o‘qib-o‘rganib biror bir kasb yoki mutaxassislikni egallash uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli ekanligini uqtirdi. Faqat buni teran his etib, g‘ayrat va shijoat bilan harakat qilish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘quv yili davomida namunali xulqi, ilmga chanqoqligi bilan tengdoshlariga o‘rnak ko‘rsata olgan bir guruh yoshlar munosib tarzda rag‘batlantirildi.
Bayramona ko‘rinish kasb etgan tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan buyuk ajdodlarimizni madh etuvchi she’rlar, raqs, mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Maktabning «Yosh burgutlar» jamoasi ham yig‘ilganlarga o‘z chiqishlarini namoyish etishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati