10 Fevral 2022 yil 436

Buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lgan kamondan otish sporti targ'ib qilinmoqda

Joriy yilning 10 fevral kuni Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati qo'riqlash boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida, Termiz tumanida joylashgan IIV tasarrufidagi "Termiz" xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha alohida batalonida, muddatli harbiy xizmatchilar, xodimlar hamda 12,13-sonli umum ta'lim maktablari o'quvchilari ishtirokida kamondan otish sport turida amaliy o'quv mashg'ulot tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilarga Prezidentimizning 2021 yil 17 iyun kunidagi "Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5149-sonli qarori ijrosi doirasida vohada amalga oshirilayotgan ishlar, buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan kamondan otish an'analari va qadriyatlarini yoshlarga etkazish va ushbu sport turiga jalb etish, ommalashtirish borasidagi sa'y-harakatlar xususida so'z yuritildi. Olimpiya o'yinlaridan joy olgan mazkur sportning o'ziga xos jihatlari, xavfsizlik qoidalari tushuntirilib, amaliy kamondan otish bo'yicha mahorat darslari olib borildi. Yoshlar, harbiy xizmatchilar mazkur sport turida dastlabki ko'nikmalarini shakllantirdilar. Yakunda, tashkilotchilar tomonidan tadbirni tashkillashtirishda amaliy ko'magi uchun batalon komandiriga tashakkurnoma hamda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Text to speech