22 Noyabr 2022 yil 239

Buxoro viloyatida “Xodimbay” ishlash tizimida tajriba almashilmoqda.

Joriy yilning 22 noyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev, “xodimbay” ishlash tizimi bo‘yicha tajriba almashish va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, shuningdek, shaxsiy tarkib uchun yaratilgan keng va qulay sharoitlar, ichki ishlar organlarining moddiy-texnika ta’minotidagi yangilanishlar yuzasidan xizmat sohalari va hududiy ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

IIV Buxoro akademik litseyiga tashrif buyurib, dastavval Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi qoshida tashkil etilgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi “Jasorat” tarixiy muzeyi eksponatlari bilan ham tanishtirildi. Tashrif asnosida, Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi qoshida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi “Jasorat” muzeyi zamon talablariga mos tarzda tashkil etilganligi, muzey fondidan alohida madaniy va tarixiy qiymatga ega minglab noyob eksponatlar tarixi haqida qator ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, Buxoro viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan “xodimbay” ishlash tizimi, yoshlar bilan ishlash tizimi, kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishi hamda kadrlar bilan ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, batafsil ma’lumotlar berildi.

Text to speech