12 Iyul 2022 yil 408

#Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi Odam savdosi qurboni bo‘lmang!

Joriy yilning 12 iyul kuni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filialida Termiz shahridagi 37 ta mahallalarda istiqomad qiluvchi ishsiz xotin-qizlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida, viloyatimizdagi 40 dan ortiq tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinib, 300 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etishdi. 70 dan ortiq murojaatchilar mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirildi.

Shundan so‘ng viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas’ul xodimi I.Polvonova, Termiz shahar IIB Xotin-qizlar masalallari bo‘yicha katta inspektori S.Allanazarovalar tomonidan bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlarning huquqlari, "Odam savdosi" illati haqida yig‘ilganlarga va mahallalardagi xotin-qizlar faollariga huquqiy tushunchalar berildi.

Bu kabi tadbirlar iyul oyi davomida barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Text to speech