Buxorolik shaxs sho‘rdonak mahsulotini olib kelishni va’da qilib, aldab ketdi
Denov tumanida 2022 yil 7 iyul kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, shu tumanda yashovchi, S.Sattor (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022 yilning 9 iyun kunida O‘zbekiston Respublikasi IIVga murojaat qilib, unda, 2020 yil iyun oyida, tanishi, Buxoro viloyatida yashovchi, K.Kamron Buxoro viloyatidan sho‘rdonak mahsulotini olib kelib berishini aytib, 100.000.000 (yuz million) so‘m pullarni olib, shundan 20.000.000 (yigirma million) so‘m pullarni qaytarib, qolgan 80.000.000 (sakson million) so‘mini o‘zlashtirib ketganligini bildirgan. Bundan tashqari, 2020 yil may oyida, Denov tumanida yashovchi, R.Rustamga ham Buxoro viloyatidan sho‘rdonak mahsulotini olib kelib berishini aytib, undan 5000 (besh ming) AQSh dollarini olib, ushbu pullarni o‘zlashtirib ketganligi aniqlangan. 7 iyul kuni K.Kamronga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati