Bugun Surxondaryo viloyati IIB majlislar zalida Ichki ishlar Akademiyasi kursantlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining hamda viloyati
IIB boshlig‘ining tegishli buyruqlari talablariga asosan, Akademiyaning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil
olayotgan 1-kurs kursantlari o‘quv-tanishuv amaliyoti bo‘yicha yakuniy sinov imtihonlarini
topshirishdi.
Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Sh.Shadiev, IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquq kafedrasi dotsenti podpolkovnik
L.Z.Turdiev hamda viloyati IIB sohaviy xizmat rahbarlari va xodimlari ishtirok etgan
ushbu uchrashuvda, Ichki ishlar Akademiyasi
44-nafar kursantining o‘quv-tanishuv amaliyoti davomidagi, o‘z vazifasini
to‘la ado etganliklari, yuklatilgan vazifalarni vaqtida bajarganliklari, sohaviy
xizmati bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tadbirlardagi faolliklari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida, viloyat IIO o‘tkazgan o‘quv-amaliyoti
davomida, Ichki ishlar Akademiyasi tomonidan berilgan vazifalarni namunali darajada
bajargan, o‘zini ijobiy tomondan namoyon etib, belgilangan kun tartibi va biriktirilgan
ustoz-murabbiylarning ishonchiga sazovor bo‘lib, amaliyot rahbari tomonidan o‘ziga
yuklatilgan xizmat vazifalarini o‘z vaqtida hamda vijdonan bajarib, namunali hulq-atvori
bilan tengdoshlariga namuna bo‘lgan bir qator kursantlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.