25 Oktyabr 2025 yil 173

Bugun mamlakatimizda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani IIBda tashkil etilgan bayram tadbirida Denov tuman hokimi Ilxom Abrorov ishtirok etib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tizim xodimlari va faxriylariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Qutlovda ichki ishlar tizimini xalqchil va samarali tuzilmaga aylantirish borasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik muhitini mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mustahkam zamin yaratilgani ta’kidlandi.

Denov tumani hokimligi tomonidan Ichki ishlar organlarida xizmat qiluvchi, tinchlik va xavfsizlik yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli xizmatida samarali natijalarga erishgan bir guruh xodimlar esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Text to speech