30 Iyun 2020 yil 804

Bugun 3 - sektor rahbarlari ishtirokida video selektor tarzidagi o'quv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 30 iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020 yil 15 iyun kunidagi 38-sonli, 20 iyun kunidagi 40-sonli yig'ilish qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida, 3 sektor rahbarlari bilan 4 ta kompleks loyihalarini ishlab chiqish, karantin cheklovlariga qarab, faoliyat ko'rsatmay turgan tadbirkorlik sub'ektlari, korxona va tashkilotlar faoliyatini qayta tiklash, yirik korxonalar, byudjet va qurilish tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub'ektlari va hunarmandlarga qo'shimcha imtiyozlar berish orqali ishsizlik, kambag'allikni qisqartirish va boshqa bir qator topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadiga qaratilgan video selektor tarzidagi o'quv seminari tashkil etildi.
Tashkil etilgan o'quv seminar Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik A.Ismoilov tomonidan olib borilib, kun tartibiga qo'yilgan dolzarb masalalar yuzasidan qisqacha to'xtalib o'tildi.
Shundan so'ng, mazkur o'quv seminarda ishtirok etayotgan Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o'rinbosari R.Pardaev hamda mas'ul mutaxassislar tomonidan, Surxondaryo viloyati hududidagi 3-sektor rahbarlari va ishchi guruhi a'zolari oldiga qo'yilgan asosiy vazifalar haqida to'liq tushunchalar berildi.
Seminarda, kam daromadli aholini daromadi yuqori bo'lgan ish bilan ta'minlash, oilaviy va mustaqil tadbirkorlikni yo'lga qo'yish, ishsizlar va kambag'allikni keskin kamaytirish, korporativ tadbirkorlikni tashkil etish, bo'sh ish o'rinlarini yaratish va boshqa bir qator masalalar bo'yicha, mutaxassis o'z tajribasi asosida fikr mulohazalarini o'rtoqlashdi.
Video selektor tarzida o'tkazilgan o'quv seminarida shahar-tuman studiyalaridan qatnashgan 3 sektor hududi rahbarlari hamda ishchi guruhi a'zolari tomonidan berilgan savol va takliflar o'rganilib, qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech