Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash yo‘lida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati hududida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda aholi o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari va viloyat vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda dehqon bozorlarida kunlik nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
O‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini bozor rastalaridan olib tashlash choralari ko‘rilib, bu borada sotuvchilar bilan muntazam ravishda profilaktik tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda.