Bozordagi bezoriga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Denov tumanida 2021 yil 28 iyul kuni soat 11.00 da, tumanning "Lolazor" mahallasida joylashgan "Xalqabod" buyum bozori hududida, tumanning "sanoatchilik" mahallasida yashovchi, X.Safarali jamoat joylarida yurish turish qoidalariga amal qilmay ushbu qoidalarni qasddan buzib, bozorda savdo qilayotgan, tumanning "Buyuk kelajak" mahallasida yashovchi, S.Gulchehra bilan o'zaro tortishuvi oqibatida janjallashib, qo'li bilan duch kelgan joylariga urayotganida, uni ajratmoqchi bo'lib kelgan akasi S.Bahodirni yuziga va duch kelgan joylariga urib, "engil" tan jarohati etkazgan. Natijada, 11 avgust kuni X.Safaraliga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati