28 May 2022 yil
365
Bozorda tegishli hujjatlarsiz sotilayotgan go‘sht mahsulotlari aniqlandi
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Oltinsoy tumani Mirshodi dehqon oziq-ovqat bozorida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida, 1979 yilda tug‘ilgan Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro S.Shoiraga (ism sharif o‘zgartirilgan) veterinariya bo‘limining tegishli hujjatlarisiz olib kelingan 120 kg go‘sht mahsulotlari qonuniy tartibda hujjatlashtirib olinib, qonuniy to‘xtamga kelish maqsadida, labaratoriya tekshiruvidan o‘tkazish uchun Oltinsoy tuman Laboratoriyasiga topshirildi.