Bozorda o'g'irlangan taqinchoqlar egasiga qaytarildi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 21 sentabr kuni, tumanning "Qo'ldovli" mahallasida yashovchi, N.Karima tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni tumanning "Do'stlik" mahallasi hududida joylashgan Markaziy dexqon bozorida savdo qilib turgan vaqtida, 1.500.000 (bir million besh yuz ming) so'mlik turli Bujuteriya taqinchoqlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini tumanning "Surxon sohili" mahallasida yashovchi, H.Surayyo sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 4 oktabr kuni H.Suryyoga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati