8 Fevral 2025 yil
510
Bozor hududlarida oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanmoqda
Surxondaryo viloyati hududida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda aholi o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari, viloyat vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda dehqon bozorlarida kunlik nazorat tadbirlari olib borilmoqda. O‘tkazilgan tadbir davomida iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotlari bozor rastalaridan olinib tegishli tartibda yo‘q qilinmoqda.