17 Dekabr 2024 yil 780

Bozor hududlarida oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanmoqda

Joriy yilning 17 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi, viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyatning shahar-tuman “Markaziy dehqon bozor”larida “Dolzarb 50 kun” tadbiri doirasida veterinariya sanitariya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan profilaktik tekshiruvlar va profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida, veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilmagan fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ogohlantirishlar berilmoqda.

Text to speech