14 Noyabr 2022 yil 342

Bozor hududlarida iste’molga yaroqsiz mahsulotlar nazorat-reyd tadbirlari davomida yo‘q qilinmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida, aholi orasida sanitariya epidemiologik vaziyatni yaxshilash, yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish shuningdek, go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining bozor hududlarida haridorlarga sotilishida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat va reyd tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xuddi shunday nazorat reyd tadbirlari viloyat hududida faoliyat olib borayotgan bozorlarda o‘tkazildi.

O‘tkazilgan nazorat-reyd proflaktik tadbirlari davomida, 164 kg go‘sht, 36 litr sut mahsuloti, 240 dona tuxum hamda 36 kg noma’lum sharoitda tayyorlangan oziq- ovqat mahsulotlari olinib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi. Veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilmagan sotuvchilarning har biriga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi.

Text to speech