20 Sentyabr 2021 yil 435

Boysunlik maktab o'quvchisi Termiz shahrida o'g'irlik jinoyatini sodir qildi

Termiz shahrida 2021 yil 2 sentyabr kuni shaharning "Yulduz" mahallasida yashovchi, E.Akbar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 3 avgust kuni shaharning "Sahovat" mahallasida joylashgan masjid avtoturargohida turgan o'ziga tegishli Neksiya rusumli avtomashinasi ichidan "Redmi 5 plus" rusumli telefon apparatini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Bundan tashqari shaharning "Kattabog'" mahallasida yashovchi, R.Jasur IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 3 avgust kuni shaharning "Kattabog'" mahallasida joylashgan Indenim savdo majmuasi oldida cho'ntagida bo'lgan "Redmi not 8" rusumli telefon apparatini noma'lum shaxs o'g'irlib ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Boysun tumanida yashovchi, maktab o'quvchisi, F.Havas sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 13 sentyabr kuni F.Havasga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Maktab o'quvchisining ota-onasi qolaversa maktab o'qituvchisining bee'tiborligi sabab bola o'g'irlik jinoyatini sodir etishiga sabab bo'ldi. O'z vaqtida bolaning tarbiyasi va yurish-turishidagi o'zgarishlarga e'tibor qaratilganida maktab o'quvchisi jinoyat yo'liga kirishining oldi olinar edi-(mi)!?

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech