2 Oktyabr 2021 yil
396
Boysunda o'g'irlik jinoyatini sodir etgan qidiruvdagi shaxs Denov tumanida qo'lga olindi
Boysun tumanida 2021 yil iyun oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Denov tumani "Bog'ieram" mahallasida yashovchi, D.Omon 20 sentabr kuni Denov tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati