Boysunda, jinoyatni jilovlashda tanqidiy tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi
Joriy yilning 11 oktabr sanasida, Surxondaryo viloyati Boysun tuman xokimligining majlislar zalida, tumandagi IIO Probatsiya nazorat ostidagilar tomonidan qayta jinoyat va xuquqbuzarlik sodir etishini oldini olish, ularning kelgusi yashash va ish sharoitlariga moslashishi yuzasidan, Surxondaryo viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari, jamoat xavfsizlik xizmati boshlig'i podpolkovnik B.Xidirov, Boysun tuman IIB o'rinbosari jamoat xavfsizlik bo'limi boshlig'i podpolkovnik Z.Raxmonov, Boysun tumanidagi "Sarimozor" Jomiy masjidi imomi noyibi B.Ravshanov, Boysun tumani "Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash" bo'lim boshlig'i S.Jo'raqulovalar bilan hamkorlikda yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda so'z olgan, Surxondaryo viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari, jamoat xavfsizlik xizmati boshlig'i podpolkovnik B.Xidirov, Probatsiya nazorati ostidagilar tomonidan qayta jinoyat sodir etmasligi, ularga Yurtboshimiz tomonidan sud-huquq islohatlarini liberallashtirilganligiga qaramasdan, ularning ijtimoiy hayotga moslashishida hamkor tashkilotlarning amaliy yordamidan o'ziga xulosa chiqarmayotganligi, oila turmush tarzidagi jinoyatlar sodir etilishi oqibatida bu turdagi jinoyatlar ko'payib ketganligi, uning kelib chiqish sabablari bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni chuqur tahlil qilib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tanqid qilindi.
Shuningdek, Boysun tumani "Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash" bo'lim boshlig'i S.Jo'raqulova, o'z navbatida erta ajrimlarning ko'payib ketganligi, oilada erkak va ayol o'rtasida tushunmovchiliklarni barham berilishida mahallaning o'rni va rolini kuchaytirish lozimligi, bu kabi salbiy illatlarning sabab va omili ishsizlik va bekorchilikdan kelib chiqayotganligi ta'kidlandi.
Tadbirda, Boysun tumanidagi "Sarimozor" Jomiy masjidi imomi noyibi B.Ravshanov yig'ilish davomida so'z olib, hadislardan namunalar o'qib, nazorat ostidagi shaxslarga birinchi navbatda oila muqaddasligini, uni qo'llab quvvatlash, undagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rish haqida gapirib o'tdi.
Bu kabi yig'ilishlarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad esa nazorat ostidagilarni yurtga sadoqat va vatanparvarlik hissiyotlarini uyg'otish va jinoyat sodir etilishini oldini olishdan iboratdir!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati