19 Oktyabr 2021 yil 447

Boysunda haydovchi boshqa bir haydovchining boshiga tosh bilan urib tan jarohati yetkazdi

Boysun tumanida 2021 yil 7 oktabr kuni soat 08.30 larda, tumanning "Bibishirin" mahallasi hududidan o'tuvchi, 4-R avtomabil yo'lining 23 kilometrida, tumanning "Xo'jabulg'on" mahallasida yashovchi, X.Olim boshqaruvidagi Labo rusumli avtoulovini tumanning "Darband" mahallasi tomonga boshqarib ketayotganida, o'zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, tumanning "Tuzbozor" mahallasida yashovchi, S.Odil boshqaruvidagi Mersidens-bens rusumli yuk avtoulovi bilan X.Olimning quvib o'tishiga to'sqinlik qilganligi sababli o'zaro tortishib qolib, S.Odil erdan qo'liga tosh olib, X.Olimning boshiga va qo'li bilan yuz qismiga urib, "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati yetkazgan. 07 oktabr kuni S.Odilga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "e" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech