24 Dekabr 2021 yil 412

Boysunda bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Boysun tumanida 2021 yil 4 dekabr kuni soat 12:00 larda, Sho'rchi tumanida yashovchi, K.Davron (ism shariflar o'zgartirilgan), Boysun tumanida joylashgan "tez tibbiy yordam" binosining yonidagi ko'chada, o'ziga tanish bo'lgan Boysun tumanida yashovchi, O.Olim bilan o'zaro janjallashib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan uni qo'li bilan yuziga urib, tan jarohati yetkazgan. 13 dekabr kuni K.Davronga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech