1 Oktyabr 2021 yil
482
Boysun tumani ichki ishlar bo'limida faxriy ustozlar rag'batlantirildi
Boysun tumanida 1 oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami munosabati bilan tuman ichki ishlar bo'limi tashabbusi bilan ichki ishlar tizimida faoliyat ko'rsatgan, faxriy ustozlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Ko'p yillar yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi uchun fidokorona xizmat qilgan soha ustozlariga viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari K.Gaffarov hamda tuman IIB boshlig'i D.Boboev esdalik sovg'alarni topshirdi.
Mehnat faxriylari bir piyola choy ustida samimiy suhbatlashib, o'tgan davrlarini yodga olishib, bayramni ko'tarinki kayfiyatda nishonlashdi.