5 May 2021 yil 644

Boysun tumani ichki ishlar bo'limi xodimlari sayohat uyushtirishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli qaroriga asosan, "ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish kontsepsiyasi" talablari ijrosini ta'minlash hamda Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarining ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida, Boysun tumani IIB xodimlari Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyidagi qadimiy asori atiqa va yodgorliklarni tomosha qilishib, ularning yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishishdi.
Shundan so'ng, ichki ishlar organlari xodimlari Imom at-Termiziy ziyoratgohida bo'lishib, o'tgan avliyolar ruhiga tilovatlar o'qishib, ziyorat qilishdi.
Ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish kontsepsiyasi talablari doirasidagi tadbirlar o'tkazilishi viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech