Botulizm-kasalligidan ogoh bo‘ling!!!
Botulizm-kasalligi bu odam organizmining markaziy nerv sistemasining og‘ir shikastlanishi bilan kechuvchi, mushaklar parezi va falajiga olib keluvchi o‘tkir yuqumli toksik kasallikdir. Bu kasallik nerv paralitik buzilishlar,aksari yutish va tashqi nafas funksiyalarining buzilishi,yurak tugunlarining zararlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik ovqatdan zaxarlanish natijasida, jumladan, sifatsiz baliq, kolbasalar, baliqli va go‘shtli, mevali va sabzavotli konservalar, qo‘ziqorinlar iste’mol qilinishi natijasida yuzaga keladi. Botulizm kasalligi haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1817 paydo bo‘lgan. Botulizm kasalligi yer yuzining deyarli barcha xududlarida sporadik (bitta-ikkita) hollarda uchraydi. Bu kasallik qo‘zg‘atuvchilari klostridiumlar avlodiga mansub anaerob bakteriyalar hisoblanib, hozirgi kunda ularning 7 turi mavjuddir. Botulizm kasalligi qo‘zg‘atuvchilari tayoqchasimon shaklga ega bo‘lib, xarakatchan xivchinlari tayoqchaning tanasi bo‘ylab joylashgan, bu tayoqchalar noqulay sharoitga tushib qolganda masalan tuproqda tashqi muxitga chidamli bo‘lgan maxsus qobiqqa o‘raladi, ya’ni spora hosil qiladi va ko‘p yillargacha saqlanadi. Botulizm bakteriyalarining sporalari tuproqqa qishloq xo‘jaligi xayvonlari ichagidan baliqlardan esa suvga tushib, turli xil oziq-ovqat maxsulotlari sabzavotlar, mevalar, g‘alla, yem-xashaklarni infeksiyalash xususiyatiga egadir. Botulizm qo‘zg‘atuvchilari oziq-ovqat maxsulotlarida, odam va hayvon organizmida hamda sun’iy muhitlarda kuchli toksin ishlab chiqarish xususiyatiga ega bu toksin botulinotoksin deb ataladi. Bu toksin ovqat bilan odam organizmiga tushganida asab sistemasini qattiq zararlaydi va botulizm kasalligini keltirib chiqaradi. Odam organizmiga infeksiya tushgan oziq-ovqat maxsulotlari bilan birga botulizm qo‘zg‘atuvchisi va ekzotoksin me’da va ingichka ichakda tez so‘rilib, qon va limfa oqimiga va bosh miya nervlari yadrolariga,sinapslarga va nerv muskul to‘qimalariga o‘tib ularni zararlaydi. Kasallikning yashirin davri 6-24 soat, ba’zi hollarda 6-10 kungacha uzayishi mumkin. Kasallik o‘tkir boshlanadi va darmonsizlik, oz-moz bosh og‘risi, og‘iz bo‘shlig‘ining qurishi, qayt qilishning takrorlanishi, qabziyat, ravshan ko‘ra olmaslik kuzatiladi.
-ko‘zning ko‘rish qobiliyatining o‘zgarishi ya’ni narsalarning qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinishi, ko‘zlardan birining yuqori qovog‘ining osilib tushishi ko‘pincha bir ko‘z chetlantiruvchi nervining parezi bilan bog‘liq holda g‘ilaylik kuzatiladi.
(diplopiya, ptoz strobizm)
-nafas olish funksiyasining buzilishi ya’ni nafas qisilishi, yumshoq tanglay parezi yoki falaji, hid sezishning pasayishi,tovush pasayishi bemor gapiga tushinib bo‘lmay qoladi.
-oshqozon-ichak funksiyasining o‘zgarishi ya’ni og‘iz bo‘shlig‘ida quruqlik sezadi ovqatlarni yutish qiyinlashadi, ich ko‘pincha kelmay qoladi,qorinda og‘riq bo‘lishi kabi simptomlar kuzatiladi.
Botulizm kasalligining asosiy manbalari o‘txo‘r xayvonlar, kemiruvchilar, ayrim qushlar hamda sovuq qonli xayvonlar baliqlar, qisqichbaqasimonlar hisoblanadi. Botulizm kasalligi tayoqchalari shu hayvonlar ichagida ko‘payadi va tashqi muhitga tushib, tuproq, o‘t-o‘lanlarni va suvni zararlaydi. Bu tayoqchalar bunday sharoitda sporalar hosil qiladi.
Mamlakatimizda kasallikning paydo bo‘lishi, asosan uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlarni ya’ni konservalar, marinadlar, dudlangan maxsulotlar, tuzlama va boshqalarni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladi. Uy sharoitida konserva maxsulotlarini tayyorlashda yetarlicha sanitar gigenik talablarga amal qilmaslik va issiqlik darajasi 100 darajadan oshmasligi natijasida bankalarni sifatsiz germitizatsiya qilish esa botulizm toksinlarining, spora va vegetativ xujayralarining ko‘payishi uchun qulay shart-sharoitlarni keltirib chiqaradi. Konserva maxsulotlarining kasallik qo‘zg‘atuvchi sporalari bilan zaxarlanganligini ularning tashqi ko‘rinishidan ya’ni (bom-baj) qopqog‘ining ko‘tarilib turishidan ham aniqlash mumkin. Bunday konserva maxsulotlari ancha yumshagan, strukturasi o‘zgargan va noxush hidga ega bo‘ladi.Uy sharoitida tayyorlangan sifatsiz konservalar iste’mol qilinishi sababli yuzaga kelgan kasallik hollarida bu konserva maxsulotlari darhol yo‘q qilinishi kerak. Botulizm kabi o‘tkir o‘ta zaxarli infeksiyaning oldini olish uchun qo‘llaniladigan eng samarali vosita bu botulizmga qarshi poliantitoksin bilan emlash hisoblanadi. Bundan tashqari kasallik tarqalish mexanizmi zararlangan oziq-ovqat masulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli oziq-ovqat maxsulotlarini saqlash, ularga ishlov berishda zamonaviy texnologik usullarni amalda joriy qilish, barcha oziq-ovqat korxonalari ustidan sanitariya nazoratini oshirish, ularning sanitariya-gigienik holatini yaxshilash ham kasallikni oldini olishda asosiy omillardan biri ekanligini unutmasligimiz kerak
Surxondaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limi