5 Aprel 2023 yil 298

Bosqinchilik jinoyatini sodir qilgan shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi

Uzun tumanida 2023 yil yanvar oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Yoshlik” mahallasida yashovchi, Sh.Shoberdi (ism shariflar o‘zgartirilgan) 25 mart kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Qidiruv ishini tashkil etish bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech