26 Avgust 2022 yil
349
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning muammo va shikoyatlari o‘rganildi
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.X.Ketmonov rahbarligida Termez shahar ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi
Mazkur qabulga Termez shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvidagi surishtiruv va dastlabki tergovga oid muammo va shikoyatlari mavjud bo‘lgan fuqarolar taklif etildi.
Qabul davomida, jami 15 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning 5 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 6 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan olib borilayotgan surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari Tergov boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Shuningdek, har bir xududdagi tergov tizimlarida mazkur turdagi murojaatlar bo‘yicha qabullar o‘tkazish belgilab olindi.