1 Iyun 2022 yil
399
Bolajonlarga zavq va shavq ulashildi
1-iyun ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasida ta’sis etilgan bo‘lsada, oradan 25 yil o‘tib, ya’ni 1950-yildan buyon bayram sifatida nishonlab kelinadi.
Ushbu 1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB tashabbusi bilan, Ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilib, xizmat burchini o‘tash davrida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari uchun Termiz shahrining ko‘ngil ochar joylariga sayohatlar uyishtirildi.
Dastlab bolajonlar Termiz shaxridagi “Hayvonot bog‘i”da bo‘lib, u yerdagi turli hayvonlarni zavq bilan tomosha qilishdi.
Kun birinchi yarmi davomida, bolajonlar ko‘ngil ochar maskanlardagi bolalar o‘yingohlarida ham bo‘lishdi.
Kunning ikkinchi yarmida, viloyat IIB binosiga yig‘ilgan xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolariga viloyat IIB boshlig‘ining bayram tabrigi o‘qib eshittirilib, bolajonlarga estalik sovg‘alari ulashildi.
Ertamiz egalari bo‘lgan, o‘sib kamolga yetayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirida hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylash mohiyati yotadi.
Ular to‘g‘risidagi har qanday g‘amxo‘rlik esa yurt ravnaqi uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevor demakdir.