14 May 2021 yil 603

Bolaning begonasi bo'lmaydi

Joriy yilning 12 may kuni tumanning "Boybuloq" mahallasi hududida joylashgan 37-sonli umum ta'lim maktabida viloyat IIB PPX va JTSB PPX bataloni komandiri, viloyat Xalq ta'lim boshqarmasi mudirasi, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i, tuman ichki ishlar bo'limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi profilaktika inspektori, voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori, tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri hamda mahalla raislari ishtirokida 2021 yil 29-30 aprel va 3-4 may kunlari voyaga etmagan maktab o'quvchisi tomonidan sodir etilgan jinoyat maktab jamoasi bilan birgalikda muhokama etildi.
Bo'lib o'tgan ushbu muhokamada tuman IIB boshlig'i podpolkovnik O'.R.Shukurov tomonidan voyaga etmagan maktab o'quvchisi A.P.ga kelgusida Vatanga xizmat qiladigan etuk farzand bo'lishiga ishonch bildirgan holda, unga murabbiy tayinlanib ijrosi nazoratga olindi. Tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda, kelgusida tuman hududidagi ta'lim dargohlari o'quvchilari tomonidan bu kabi jinoyatlarning oldini olish borasida amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech