27 Sentyabr 2021 yil 481

Bolalarga bering dunyoni

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 12-fevral kuni ichki ishlar vazirligiga tashrifi chog'ida kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan Hay'at kengashida har bir shahar-tuman IIB boshliqlariga har tomonlama og'ir ahvolda qolgan maktablarni otaliqqa olish bo'yicha topshiriq bergan edi.
Topshiriqqa asosan Sherobod tumani IIB boshlig'i podpolkovnik O'.Shukurovga tumandagi 60-sonli umum ta'lim maktabi otaliq sifatida biriktirib berilgan.
Tuman IIB boshlig'i va Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Surxondaryo viloyat bo'limi boshlig'i N.Rahmatullaeva rahbarligida 25-sentyabr kuni 60-sonli maktabning ijtimoiy himoyaga muhtoj o'quvchilari va tumandagi boquvchisini yo'qotgan o'smirlarni viloyat markazida joylashgan qo'g'irchoq teatri va Arxeologiya muzeyga sayohati tashkillashtirildi.
Sayohat davomida bolajonlarga qo'g'irchoq teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan tomoshalar va konsert dasturi bir olam quvonch baxsh etdi.
Arxeologiya muzeyi xodimlari bolajonlarga tarixiy yodgorliklar haqida ma'lumot berib ularni tarixga sayohat qilishlariga ko'maklashishdi.
O'quvchilar ushbu sayohatdan ma'daniy hordiq chiqarishib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech