6 Aprel 2021 yil 711

Bolalar tarbiyasiga ota-onalarning e'tiborsizligi o'g'irlik qilishga sabab bo'ldi

Boysun tumanida 2021 yil 27 mart kuni tumanning "Shifobuloq" mahallasida yashovchi, NH. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 25 mart kuni taxminan soat 22.00 lar chamasida, yashash uyining orqa tomonida joylashgan molxonasidan noma'lum shaxslar narxi 4.000.000 (to'rt million) so'mlik 1 bosh qora moli va narxi 3.000.000 (uch million) so'mlik 1 bosh xo'kkizlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanda yashovchilar, maktab o'quvchilari, A.R., M.M. va Tojikiston Respublikasida joylashgan Institut talabasi, S.E.lar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalillar olingan. 29 mart kuni ota-onasi tomonidan e'tiborsiz qolishi, nazorat o'rnatilmaganligi natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan A.R., M.M. va S.E.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech