12 Iyul 2022 yil
550
Boysunlik qidiruvdagi shaxs, Rossiya Federatsiyasida qo‘lga olindi
Boysun tumanida 2022 yil yanvar oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, shu tumanda yashovchi, D.Dilshod (ism sharif o‘zgartirilgan) 06 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga yuborilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati