Boysunda yuzaga kelgan texnogen holatni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
Xabar
berganimizdek, Boysun tumani Koʻlqamish mahallasi hududida joylashgan
“Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-sonli quduqda burgʻulash
ishlari olib borilishi vaqtida yuzaga kelgan oltingugurt (vodorod sulfid) gazi
chiqishi hodisasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Respublika darajasidagi
vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat tezkor shtab tomonidan zarur
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining shaxsan topshiriqlariga asosan, Oʻzbekiston
Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Achilbay Ramatov, Favqulodda
vaziyatlar vaziri general mayor Abdulla Qoʻldoshev, Energetika vaziri Joʻrabek
Mirzamahmudov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov hodisa joyiga yetib
borishgan bo‘lib, texnogen hodisa oqibatlari va hududga ta’sirini bartaraf
etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Amalga
oshirilayotgan ishlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida yana
qo‘shimcha axborot beriladi.