11 May 2022 yil 448

Boysunda “marixuana” sotayotgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi

“Qora dori-2022” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida, Boysun tumanida 2022 yil 1 may kuni viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li va chegaradosh hududlardagi tezkor bo‘linmasi hamda Boysun tuman 1-son IIB xodimlari tomonidan tumanning “Temirdarvoza” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Boysun tumanida yashovchi, K.Latif (ism shariflar o‘zgartirilgan) mijozga 11 (o‘n bir) dona gugurt qutisiga qadoqlangan, sof vazni 27,91 gramm “Marixuna” giyohvandlik vositasini 4.950.000 (to‘rt million to‘qqiz yuz ellik ming) so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
1 may kuni K.Latifga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech