4 Yanvar 2022 yil 750

Boysunda, firibgar avtomashina olib berishni va'da qildi

Boysun tumanida 2021 yil 16 dekabr kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasidan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Temir darvoza" mahallasida yashovchi, S.Ali (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga yozgan arizasida, joriy yilning iyul oyida, Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida yashovchi, K.Tolmas, ishonchiga kirib, avtomashina olib berishni va'da qilib, 1.300 (bir ming uch yuz) AQSh dollarini olib, o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 16 dekabr kuni K.Tolmasga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech