19 Yanvar 2024 yil
1106
Boysun tumanidagi “Qizil kanyon” hududida havo sharlarini uchirish tadbiri o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyatining turizm imkoniyatlarini targ‘ib qilish, yangi yo‘nalishlarni
yaratish va qo‘shimcha sayyohlarni jalb qilish maqsadida Turizm qo‘mitasining
2023 yil 14 dekabr kunidagi 153-AG‘ buyrug‘iga binoan viloyat hokimligi tomonidan
joriy yilning 18-19 yanvar kunlari Boysun tumanidagi “Qizil kanyon” hududida havo
sharlarini uchirish tadbiri tashkil etildi.
Unda, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash
boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu tadbirga tashrif buyurgan ommaviy axborot
vositalari, tegishli mutassadi tashkilotlar vakillari va mahalliy sayyohlar xavfsizligi
ta’minlanib, ularga kerakli yordamlar ko‘rsatildi.